Dr. Shahzod Donoboyev
Implantolog, stomatolog-jarroh — oliy toifa
Dr. Shahzod Donoboyev Creative Stom'ni implantologiyaga ixtisoslashgan klinika sifatida ochgan: yo'qolgan tishni chiroyli, mustahkam va umrbod xizmat qiladigan qilib tiklash. Har bir implant oldidan 3D skaner va raqamli rejalashtirish — hech qanday "ko'r-ko'rona" ish yo'q.
U Toshkent davlat stomatologiya institutini tamomlagach, implantologiya va suyak jarrohligi bo'yicha Koreya va Turkiyadagi klinikalarda malaka oshirgan. Eng murakkab holatlar — suyak yetishmovchiligi, bir kunlik implantatsiya — aynan unga yo'naltiriladi.
Bemorlar ko'pincha uni Instagram'dagi (@creative_stom) real "oldin/keyin" holatlari orqali topib kelishadi. Ish vaqtidan tashqari Shahzod aka tog'da yuradi va yosh shifokorlarga implantologiya bo'yicha ustozlik qiladi.
Ta’lim va malaka
- Toshkent davlat stomatologiya instituti, stomatologiya fakulteti
- Klinik ordinatura — jarrohlik stomatologiyasi
- Implantologiya va suyak jarrohligi bo'yicha xalqaro kurslar (Seul, Istanbul)
Kasbiy uyushmalar
- O'zbekiston stomatologlari assotsiatsiyasi
- Xalqaro implantologlar kongressi (ICOI) a'zosi